Ijtimoiy tarmoqlardagi xabar
Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar tomonidan quyidagi ma’nodagi xabarlar joylanyapdi.Shaxsan o‘zim bu matnlarni "Hadis va Hayot" kitobida uchratmaganman. Shu matnga aniqlik kiritib bersangiz, raxmat.
Ibratli voqea!Sevimlik payg‘ambarimiz Muxammad (sollallohu alayhi vasallam) olamdan o‘tganlariga 3 kun bo‘ldi Abubakir r.a. Oyisha onamiz r.a oldilariga keldilar, xol axvol so‘rab, "Ey qizim Oyisha, Rasulullox (sollallohu alayhi vasallam)ning barcha sunnatlarini menchalik mukammal ado qilgan inson bormi"- dedilar?
Xazrati Oyisha onamiz "Yo‘q otajon, Siz xamma sunnatlarini to‘liq to‘kis ado qildinggiz"- dedilar.
Xazrati Abu Bakr yana qaytarib " Qizim Alloh xaqqi aytgin, barcha sunnatlarini ado qildimmi"- degan edilar Oyisha onamiz roziyalloxu anho yig‘lab yubordilarda va "Otajon, Alloh xaqqi deganingiz uchun aytaman. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ning bir sunnati bor edi "Xech kimga aytmang yo Oyisha"- der edilar. Arab bozoring oldida bir uy bor u erda bir 80 yoshga kirgan tug‘ma ko‘r nogiron, xech kimi yo‘q yaxudiy qariya yashardi. Payg‘ambarimiz Muxammad (sollallohu alayhi vasallam) xar kuni yarim tunda taxajjud namozlarini o‘qib bo‘lgach xamma uyquga ketgan paytida o‘sha yaxudiyni uyga borib uni yuvintirib kiyimlarini yuvib ovqatlantirib kelardilar"- dedilar.
Buni eshitgan xazrati Abubakir r.a taxajjud namozini o‘qidilarda yaxudiyning uyiga yo‘l oldi.
Bordilar, uyga kirar ekanlar 3-4 kundan beri xech kim xabar olmagan qariyani axvoli judayam achinarli xolatda edi.
Abubakir r.a darrov ishga kirishdilar supurdi sidirdi qariyani yuvintirdi, kiyimlarini almashtirdi, ovqatlantirib bo‘lgach, qariyaga "Mayli men boray"- deb ketmokchi bo‘lgan edilar, Qariya Abubakir r.a ni qo‘llaridan ushladi va "Sen kimsan"- deb so‘radi. Abu Bakr esa "Men bir qulman ota. Xar doim kelib Sizni xolizdan xabar olib turgan qulman"- dedilar. Shunda qariya "Sen yolg‘on gapiryapsan"-dedi. Abu Bakr "Nega unday deysiz?"- dedilar. Qariya "Chunki, Sen menga qattiq muomalada bo‘lding, yuvintirganda xam kiyintirganda xam, xatto ovqatlanirganingda xam, 3 kun avvalgi kelgan inson mengga juda extiyotkorlik bilan qarardi cho‘miltirganda xam, kiyintirganda xam, eng asosiysi ovqatimni chaynab chaynib berardi. Uning shunaqanggi xidi bor ediki u xidni butun Arab diyoridan xam topa olmaysan"- dedilar. Abubakir r.a tinmay yig‘lar edilar. Qariya yana so‘zida davom etib "Agar o‘sha odam sen bo‘lsang, nimaga shuncha kun yo‘g‘ bo‘lib ketding yoki sen xam "- jodugarni to‘riga ilindingmi?"-dedi.
Abu Bakr r.a esa "qanaqa jodugarni aytyapsiz ota"- dedilar. Qariya "Eshitmaganmisan, bir Muxammad(alayhissalom) deganini, u qanaqadur Kitobni o‘ziga kelganini va o‘zini payg‘ambarman deb xammani sexirlayaptiyu"-dedi.
Shunda Abubakir r.a dod devordilar va "Ey ota to‘xtang"- dedilar. "o‘sha siz aytayotgan insonlarning eng buyugi Muxammad (sollallohu alayhi vasallam) ning o‘lganlariga 3 kun bo‘ldi. Aslida siz jodugar degan o‘sha inson shuncha yillar davomida sizning xolingizdan xabar olib turdilar. Qarang 3 kunda qanaqa xolga tushibsiz"- dedilar . qariya qotib qoldi va "Unda sen kimsan"- dedi. Men Abubakirman dedilar. Qariya xam dod deb yig‘lashni boshladilar va "ey Xudo meni ko‘zimni ko‘r, oyog‘larimni cho‘loq, nogiron qilib yaratganing etmasdan qalbimni xam ko‘r qilgan ekansan"-deb yig‘lardi va "ey Abubakir sen guvox bo‘l Allohni yagonaligiga va Muxammad (sollallohu alayhi vasallam) uning payg‘ambarligiga guvoxlik beraman"- dedida Abubakir r.a ning qo‘lida jon berdi! (Hadis va hayot kitobidan). Allohumma solli a’la sayyidina Muxammadin va ali a’lo sayyidina Muhammad...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://islom.uz/maqola/1637
29 Aprel 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar