Kepka kiyish

Assalomu alaykum! Ustoz men bir domladan “Kim bu dunyoda kepka kiysa u dunyoda do‘zaxiy bo‘larmish” degan gapni eshitdim. Kepkani quyoshdan saqlanish yoki yuzida biror nuqsoni borligidan kiysa ham shunday bo‘ladimi? Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Kim bu dunyoda kepka kiysa u dunyoda do‘zaxiy bo‘larmish” degan gap noto‘g‘ri. Dinimizda, bir odamni "do‘zaxi" deyish uchun oyat-hadislarda kelgan dalillar topilishi kerak. Lekin u dalillar ichida "Kepka kiysa" degan gap yo‘q. Mabodo “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas u ham ulardandir” degan hadisni dalil qilmoqchi bo‘lsa, kepka boshqa din vakillarining xususiy kiymlari safidan chiqib, hozirda ommaviylashib ketgan. Xuddi kastyum va shimlar kabi. Vallohu a’lam.

29 Aprel 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar