O‘tirib o‘qish masalasida
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda yurtdoshlarimiz orasida koksartroz(tos suyagi bilan bog‘langan son suyagi boshchasining emirilishi) kasalligi bilan og‘riganlar soni koronavirusdan ko‘payib ketdi. Shu jumladan menda ham. Bu holatda yurganda faqat qo‘ltiqtayoq(hassa emas) bilan yurish, namozni oyoqqa yuk tushirmaslik maqsadida o‘tirib o‘qishlik mutaxassis vrachlar tomonidan tavsiya etildi. Chunki qiyomda ham, sajdada ham suyakda zo‘riqish(napryajenie) paydo bo‘ladi. Respublika bo‘yicha bu kasallik keng avj olgan, kasallik bosqichiga qarab son suyagining boshchasini kesdirib, o‘rniga sun’iy boshcha(protez) qo‘ydirayotganlar ham bor. Ushbu holat bo‘yicha namoz o‘qish uchun tavsiya bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ruku’ va sajdaga qodir bo‘lmasa, huddi tashahhudda o‘tirgan kabi chap oyog‘ini to‘shab, o‘ng oyog‘ini tik qilgan holda o‘tiradi. Bu eng afzalidir. Agar bunga ham qodir bo‘lmasa, xohlagan suratda o‘tiradi va ruku’ hamda sajdalarni boshi bilan ishora qiladi. Bunda ruku’ uchun boshini ozroq egsa, sajda uchun ko‘proq egadi. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/349
18 Iyul 2022, 23:40 | Savol-javoblar | 163 | Namoz