Nafaqa pulidan aqiqa

Assalomu alaykum! Bolalar uchun davlat tomonidan ajratilgan nafaqa puliga aqiqa qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytayotgan o‘sha nafaqa puli kimning mulki ekaniga bog‘liq. Aqiqa bolaning moli hisobidan qilinmaydi. Aqiqa ota yoki uning nafaqasi bo‘yniga tushgan shaxs o‘zi molidan bajaradigan amaldir. Vallohu a’lam!

19 Iyul 2022, 01:20 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar