So‘nggi kun

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Nigina Niyoz ismli yozuvchining “So‘nggi kun” romanida ruxlarning xolati, qabrdagi savol javoblar haqida yozilgan. Shunday kitoblarni o‘qish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biror sahih hadisga suyanib yozilgan bo‘lsa, joiz. Aks holda(romanlar ko‘pincha yolg‘ondan to‘qilgan bo‘ladi) joiz emas. Chunki ruh va qabr g‘ayb ilmi bo‘lib, Alloh vahiy orqali bildirgan payg‘ambarlarning gaplarigina dalil bo‘la oladi. Oxirat va qabrdagi savol-javoblar to‘g‘risida roman to‘qish Alloh va Uning rasuliga tuxmat qilish hisoblanadi. Chunki bu narsalar dinga tegishli bo‘lib, din haqida roman to‘qish ulkan gunoh hisoblanadi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:41 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar