Rasim bosib chiqarish

Assalomu alaykom! Biz yangi loyiha qilayapmiz, metalichiskiy kartalarni ustiga turli tasvirlar bosib chiqarishni niyat qilganmiz. Bazi joylarda tirik jon tasvirini tushirish mumkin emas deyishyapti, bazi joylarda esa qolda chizish mumkin emas agar apparatda bosib chiqarsangiz muommo emas deyishyapti, biz gravirovka orqali bosib chiqaramiz kompyuterda qilingan dizaynlarni, inson va hayvon tasviriniham bosib chiqarishimiz mumkin agar mijozlar so‘rashsa. Yuqorida aytilgandagidek tasvirlarni bosib chiqarishimiz mumkinmi? Qilayotgan ishimizda yana nimalarga ahamiyat berishimiz kerak diniy tarafdan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joni bor narsalarning suratini tushirmanglar. Hadisda quyidagicha keladi:  حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، حَدَّثَنَا الْأَعْمَشُ، عَنْ مُسْلِمٍ قَالَ: كُنَّا مَعَ مَسْرُوقٍ فِي دَارِ يَسَارِ بْنِ نُمَيْرٍ، فَرَأَى فِي صُفَّتِهِ تَمَاثِيلَ فَقَالَ: سَمِعْتُ عَبْدَ اللهِ قَالَ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: «إِنَّ أَشَدَّ النَّاسِ عَذَابًا عِنْدَ اللهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ الْمُصَوِّرُونَ Muslimdan rivoyat qilinadi:
«Masruq bilan birga Yasor ibn Numayrning uyida edik. (Masruq Yasorning) Bostirmasidagi suratlarni ko‘rib, dedi: «Abdullohning shunday deganini eshitdim: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni Allohning huzurida eng qattiq azobda bo‘ladigan odamlar musavvirlardir», deyayotganlarini eshitganman».حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْمُنْذِرِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ عِيَاضٍ، عَنْ عُبَيْدِ اللهِ، عَنْ نَافِعٍ: أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَخْبَرَهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ الَّذِينَ يَصْنَعُونَ هَذِهِ الصُّوَرَ يُعَذَّبُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ يُقَالُ لَهُمْ أَحْيُوا مَا خَلَقْتُمْ Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo xabar qiladi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu haykallarni yasaydiganlar qiyomat kuni azoblanadilar. Ularga: «Yaratgan narsalaringizga jon kiriting!» deyiladi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

21 Iyul 2022, 18:42 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar