Ortib qolgan pul halolmi?
Assalomu alaykum! Men Xitoyda tarjimonlik qilaman. Bitta zavoddan o‘zbekistonlik xaridor uchun tovar buyurtma qildim. Zavod bilan yuanda (xitoy puli) kelishib, tovar tayyor bo‘lganda pul berishimizni aytdim. Keyin o‘sha paytda mijozim ushbu mablag‘ni hozirgi kurs bilan dollarga hisoblab qo‘yamiz, qiymati oshsa ham, tushsa ham shu dollar bo‘lib turadi, tovar tayyor bo‘lganda sizga dollar jo‘nataman, o‘zingiz yuanga almashtirib to‘laysiz, dedi. Men kurs oshsa ham, tushsa ham shu dollarni berasiz, deb uning roziligini oldim. Pul to‘laydigan paytimda kurs oshib, u jo‘natgan pul zavodga beradigan pulimdan ko‘p chiqdi, ozgina ortib qoldi. Shu pulni ishlatsam halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U pul sizga jo‘natgan kishining haqqi. O‘sha kishidan so‘rang. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U pul sizga jo‘natgan kishining haqqi. O‘sha kishidan so‘rang. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat