Tikuvchilik kasbi

Assalomu alaykum! Men tikuvchilik kasbiga qiziqaman, inshaAllox germaniyaga ketish niyatidaman. Germaniyaga borib o‘sha erda xijob tikib dizaynlashtirib sotmoqchiman. Islomdan kam bo‘lsa xam ilmim bor va mukkamal xijob va oddiy o‘ranishni farqiga boraman. Savolim shuki oddiy yopik, uzun, ichi ko‘rinmaydigan, rangi yorqin, ammo komil xijob emas kiyimlarni xam komil xijob kiyimlarini ham tikib, sotuvga qo‘ysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday kiyimlarni mahramlarning oldida kiyish mumkin bo‘lsa yoki nuqsonli erini to‘ldirib nomahramlarning oldida ham kiyish mumkin bo‘lsa sotishingiz joiz. Vallohu a’lam!

22 Iyul 2022, 13:54 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar