Tabiatan xarom narsani kimyoviy usulda olish

Assalomuu alaykum! Bir necha yil avval telekanal orqali uzatilgan bir ko‘rsatuvda bir ichimlik haqida so‘z yuritilgandi va ushbu ichimlik qadog‘ida tarkibida mavjudligi tasdiqlangan moddaning nomi lug‘aviy jihatdan ho‘kizning pushti degan ma’noni anglatishi haqidagi ulamoning mulohazasini eshitgandim. Shu ko‘rsatuvdan bir oz muddat o‘tib ushbu ishimlik "Halol" sertifikatiga egaligini tasdiqlovchi belgi bilan chiqarila boshladi. Boshqa bir videorolikda ushbu modda qadimda shunday uslubda olingani, hozirda esa kimyoviy uslubda olinishi haqida eshitib qoldim. Savolim shundan iborat: Avval xarom bo‘lgan narsa kimyoviy usulda olinsa halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir modda turli narsalar tarkibida uchrashi mumkin. Uni harom narsaning tarkibidan ajratib olinsa harom, halol narsadan olinsa halol bo‘ladi.
Siz keltirgan ichimlik, ularning asli “har bir narsaning asl mubohdir(ya’ni foydalanish joiz)” degan qoidaga asosan iste’mol qilish joiz. Mabodo aniq dalil bilan harom narsa qo‘shilishi isbot qilinsa unga harom degan hukm qilinadi. U ichimliklarga hech kim biror harom narsa qo‘shilganini isbot qila olmaydi. Shuning uchun shariat uni harom deb hukm qilmaydi. Taurinni hech kim qat’iy halol deb ham aytolmaydi. Bir vaqtlar asperinni mag‘ordan, pentsillin dorisini tolning po‘stlog‘idan olishgan. Keyinchalik o‘sha moddani kimyoviy usul bilan boshqa narsalardan olishga o‘tishgan. Siz aytayotgan taurinni asli qaysidir bir harom narsadan olingan bo‘lsa hozirgi kunda undan olinmaydi. Odatda odamlar falon narsadan olinadi deyishgani noto‘g‘ri. Chunki ular aytayotgan narsani shuncha ichimlikka etkazib berish aqlga sig‘maydi. Biz bergan javobga ikki tomonlama qarash kerak. biri bizdan to‘liq bo‘lmagani, ikkinchisi berilgan to‘liq javobga o‘quvchini aqli etmasligi. Vallohu a’lam!

22 Iyul 2022, 14:11 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar