Jannatdan daraxt hadisi

Assalomu alaykum! Do‘stimdan bir gap eshitdim. Kimki 5 mahal namozini 40 kun masjidda o‘qisa, o‘sha inson uchun jannatda 1 daraxt ekilar ekan. Shu so‘zlar xadisda kelganmi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayni siz keltirgandek sahih hadisni topmadik. Ammo shu ma’nodagi hadisni havola qilamiz. حَدَّثَنَا عُقْبَةُ بْنُ مُكْرَمٍ وَنَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ، قَالَا: حَدَّثَنَا سَلْمُ بْنُ قُتَيْبَةَ، عَنْ طُعْمَةَ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ حَبِيبِ بْنِ أَبِي ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ صَلَّى لِلَّهِ أَرْبَعِينَ يَوْمًا فِي جَمَاعَةٍ يُدْرِكُ التَّكْبِيرَةَ الْأُولَى، كُتِبَتْ لَهُ بَرَاءَتَانِ: بَرَاءَةٌ مِنَ النَّارِ، وَبَرَاءَةٌ مِنَ النِّفَاقِ
قَالَ أَبُو عِيسَى:  قَدْ رُوِيَ هَذَا الْحَدِيثُ عَنْ أَنَسٍ مَوْقُوفًا، وَلَا أَعْلَمُ أَحَدًا رَفَعَهُ إِلَّا مَا رَوَى سَلْمُ بْنُ قُتَيْبَةَ عَنْ طُعْمَةَ بْنِ عَمْرٍو
 Bizga Uqba ibn Mukrom va Nasir ibn Aliy hadis aytib berishdi. Ular deyishdi: «Bizga SAliym ibn Qutayba hadis aytib berdi». U Tu’ma ibn Amrdan, u Habib ibn abu Sobitdan:
Anas Ibn Molikdan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim qiriq kun birinchi takbiraga etishib jamoatda namoz o‘qisa, unga ikki ozodlik yoziladi, do‘zahdan ozodlik va nifoqdan (munofiqlikdan) ozodlik», dedilar».
Bu hadis Anasdan mavquf holda rivoyat qilingan, bir kishi u hadisni raf’ qilganini bilmayman, illo Saliym ibn Qutayba Tu’ma ibn Amrdan qilgan rivoyatidan. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 15:34 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar