Kar-soqov amakimning oxirati nima bo‘ladi

Assalomu alaykum! Meni bir amakim yoshligida yiqilib kar soqov bo‘lib qolgan. U xech qaerda o‘qimagan. Dadam imo ishoralar bilan gaplashishni o‘rgatgan. Uni uylantirdik farzandli bo‘ldi. U judayam yaxshi inson, birovga ziyoni tegmaydi. Savolim: Amakimni oxiratda axvoli qanday bo‘ladi? Ba’zilar uni jannatiy odam deydi, ba’zilar esa Alloh borligini bilmagan insonlar kiyomatda xayvonlar kabi tuproqqa aylanib yo‘q bo‘lib ketadi deyishadi. Bu gaplar qanchalik to‘g‘ri? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kishiga ham Allohni tanitish kerak. Kar-saqov bo‘lish ibodatlarni zimmasidan soqit qilmaydi. Asosiy narsa aql. Aql egasiga borliqni yaratgan Robbisini tanimaslikka uzr yo‘q. Biror shaxs haqida jannatiy yoki do‘zaxiy deyish faqat-faqat Alloh taologagina taalluqlidir. Yoki jannatdan bashorati berilgan o‘n sahoba haqida aytilinganidek Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bildirgan holatgagina taalluqlidir. Umumiy tarzda kofir, mushriklar do‘zaxiy deyish mumkin. Kufrda o‘tganligi aniq bo‘lgan shaxs haqida ham  umumiy qilib kufr va shirkdan o‘tgan bo‘lsa u do‘zaxiy deyish mumkin. boshqalar haqida unday deyishni hech kimni haqqi yo‘q.  حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا مُعَاوِيَةُ بْنُ عَمْرٍو، حَدَّثَنَا أَبُو إِسْحَاقَ، عَنْ مَالِكِ بْنِ أَنَسٍ قَالَ: حَدَّثَنِي ثَوْرٌ قَالَ: حَدَّثَنِي سَالِمٌ مَوْلَى ابْنِ مُطِيعٍ أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ يَقُولُ: افْتَتَحْنَا خَيْبَرَ، وَلَمْ نَغْنَمْ ذَهَبًا وَلَا فِضَّةً، إِنَّمَا غَنِمْنَا الْبَقَرَ وَالْإِبِلَ وَالْمَتَاعَ وَالْحَوَائِطَ، ثُمَّ انْصَرَفْنَا مَعَ رَسُولِ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى وَادِي الْقُرَى، وَمَعَهُ عَبْدٌ لَهُ يُقَالُ لَهُ مِدْعَمٌ، أَهْدَاهُ لَهُ أَحَدُ بَنِي الضِّبَابِ، فَبَيْنَمَا هُوَ يَحُطُّ رَحْلَ رَسُولِ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذْ جَاءَهُ سَهْمٌ عَائِرٌ حَتَّى أَصَابَ ذَلِكَ الْعَبْدَ، فَقَالَ النَّاسُ: هَنِيئًا لَهُ الشَّهَادَةُ. فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: بَلَى وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ، إِنَّ الشَّمْلَةَ الَّتِي أَصَابَهَا يَوْمَ خَيْبَرَ مِنَ الْمَغَانِمِ لَمْ تُصِبْهَا الْمَقَاسِمُ لَتَشْتَعِلُ عَلَيْهِ نَارًا . فَجَاءَ رَجُلٌ حِينَ سَمِعَ ذَلِكَ مِنَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِشِرَاكٍ أَوْ بِشِرَاكَيْنِ، فَقَالَ: هَذَا شَيْءٌ كُنْتُ أَصَبْتُهُ. فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: شِرَاكٌ أَوْ شِرَاكَانِ مِنْ نَارٍ Abu Hurayra roziyalloxu anhu aytadi:
«Xaybarni fath qildik. Oltin ham, kumush ham o‘lja olmadik, mol, tuya, matoh-buyum va chorbog‘larni o‘lja oldik, xolos. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Vodil-quroga* qaytdik. Yonlarida Mid’am degan bir qullari ham bor edi. Uni u zotga Banu Zibobliklardan biri hadya qilgan edi. (Qul) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuklarini tushirayotgan edi, to‘satdan daydi o‘q kelib, o‘sha qulga tegdi. Odamlar: «Unga shahidlik qutlug‘ bo‘lsin!» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q! Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Xaybar kuni o‘ljalardan ulushlar taqsim bo‘lmay turib olgan shamlasi* uning ustida olov bo‘lib lovullaydi», dedilar. Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan buni eshitgan zahoti bir [yoki ikkita] poyabzal ipini olib kelib, «Men mana shuni olgan edim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu bir [yoki ikkita] poyabzal ipi do‘zaxdan!»* dedilar».
* Vodil-quro – Madina bilan Tabuk o‘rtasidagi joy.
* Shamla ‒ en mato holida o‘ranib olinadigan ustki kiyim.
* O‘ljadan o‘g‘irlikcha olingan arzimas narsa ham do‘zaxga sabab bo‘ladi, deyilmoqchi. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy").
Ushbu hadisda Mid’am ismli yigit sahobiy edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xizmatida edi, jang erida edi, daydi o‘q kelib tegdi, shahid bo‘ldi, hatto odamlar “Jannat senga muborak bo‘lsin” deb yuborishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa xalqning moli(byudjet)dan birgina matoni olganligi uchun uni “do‘zaxda” dedilar. Ushbu hadisda biror shaxs haqida jannatiy yoki do‘zaxiy deb hukm qilish joiz emasligi, davlatning molini olish o‘ta xatarli ekanligi, oluvchilar o‘zlariga do‘zaxni olayotganligi tushuniladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 05:00 | Savol-javoblar | 218 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar