Haridor zarar etkazsa
Assalomu alaykum! Ishlab chiqaruvchiman. 15so‘mga tayyor bo‘lgan maxsulotimni, 20so‘mdan sotayotgan edim. Bir klient, pulini 4kunda to‘lash sharti bilan, 100milionlik maxsulot oldi-da, imkoniyati bo‘lsa xam, pulimni atayin bermay, 6oy cho‘zib yurdi. Mendan qarzi ustiga, yana qarzga maxsulot so‘raganda bermaganim sababli, boshqa joylardan naxt pulga, maxsulot olib yurganligini aniq bilganim uchun, atayin bermagan deyapman. 6oy ichida, homashyo ko‘tarilib ketdi va maxsulotning tan narxi, o‘zimga 25so‘mga tayyor bölyapti. Shunung uchun, 6oy vaqtga kuyishdan tashqari, 66milion zarar ham qilyapman. Albatta bunga, uning qasttan qilgan ishi sabab bo‘lyapti. O‘tayotgan davr mobaynida, homashyo narxlarining ko‘tarilayotganini va zararga kirib ketayotganimni ko‘o‘o‘p bor takrorlaganman. Undan, zararimni undirishga kuchim yatadi. Lekin, Alloh dan qo‘rqaman. Klientning qasttan qilgan ishi bilan, men indamay zarar qilib ketavermasam kerak. Qanday qilib, halol yo‘l bilan zararimni undirishim, yoki zarar qilmasligim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Molingizni o‘zni yoki unga o‘xshashini qaytarib oling. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Molingizni o‘zni yoki unga o‘xshashini qaytarib oling. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat