Ro‘zani tutishni xohlayman

Assalomu alaykum! Ro‘za tutishni juda xoxlayman, lekin 2-3 kundan ko‘p tutolmayman. Men kamqonman, zrenyam tug‘ma past, oshqozonim gastrit, ovqatlanmasam og‘riq tutadi. Barbir ro‘za tutmoqchi bo‘laman lekin holim bo‘lmay boshim aylanadi, uydagilarim yiqilib qolasan sog‘liging ko‘tarmaydi deyishadi. Iltimos sizdan yordam bering, nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz oralatib tuting, tutmagan kunlaringizni ramazon oyidan keyin yoki qishning qisqa kunlarida ham qazolarini tutib berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 10:12 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar