Chorva xayvonlar haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, islom uz saytida  o‘qib qoldim. Chorva hayvonlari ayollar ulovlar ziynatli qilib qo‘yildi deyilgan. Alloh huzurida bundan yaxshiroq narsalar bor deyilgan. Buni Qur’onda o‘qigandim, lekin bir narsa meni o‘ylantirib qo‘ydi shunda musulmon odam chorva xayvonlarini boqmanglar deyilyaptmi?
Biz uy sharoyitida parranda ya’ni tovuqlar boqamiz. Oilamizga va tuxum kerak odamlarga foyda bo‘lyapti va yanada ko‘proq qilmoqchimiz. Shu ishlarni qilsak bo‘ladmi yoki boshqa bir boqish tartiblari bormi? Yuqoridagi gap chorva mollariga berilib Allohni zikri va namozni tashlab qo‘yma degan manoda aytilganmi? Lekin man boqaman ham foydalanaman ham namoz ham o‘qiyman Alhamdulilah. Bu  qilyotgan ishim to‘g‘rmi? Yana bir savolni echimini topolmayapman. Masalan kuniga 30 ta tuxum olsam bir oyda 900ta bo‘ladi. 900tadan 90 tasi ushr beriladmi yoki 9 tami? Qanday va nechta berishga tushinmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kasb qiling, chorva qiling, ilm o‘rganing hammasini yonida Allohga ibodat qilish yonida bo‘lsin degan. Tuxumdan ushr berilmaydi, lekin puli nisobga etsa zakot beradi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar