Erini aka ukasi

Assalomu alaykum! Mani erim akasini xotinini o‘z singillaridek ko‘radilar. Kurbon Xait bayrami kuni kelib tabriklab mani onalarini va akalarini xotinini quchoqlab tabrikladilar. Akasini xotinini quchoqlab tabriklash to‘g‘rimi? Man tushgan oilada shu to‘g‘ri xisoblanar ekan. O‘zim kotta bo‘gan oilada bu noto‘g‘ri deb onam tarbiya berganlar. Turmush o‘rtog‘im man singlimdek ko‘raman va kelin bo‘lib tushgan qiz kelin emas qiz bop xisoblanadi shuning uchun men quchoqladim deb aytdilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Akaning xotini uka uchun mutlaqo begonadir. Ular bir-biriga nomahram bo‘lib, quchoqlashish u yoqda tursin hatto bir makonda yolg‘iz qolishlari va gaplashib o‘tirishlari ham joiz emas. Eringiz qilayotgan ish haromdir. عن معقل بن يسار أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "لأن يطعن في رأس أحدكم بمخيط من حديد خير له من أن يمس امرأة لا تحل لهرواه الطبراني والبيهقيMa’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlardan biringiz uchun halol bo‘lmagan ayolni ushlashdan ko‘ra boshiga temirdan bo‘lgan mixyat(igna, bigiz) sanchilishi yaxshiroqdir” dedilar". 
Roviylarning barchasi ishonchlidir.
(Tabaroniy va Bahaqiylar rivoyati).ولأن يزحم رجل خنزيرا متلطخا بطين أو حمأة خير له من أن يزحم منكبه منكب امرأة لا تحل لهرواه الطبراني Boshqa bir hadisda: 
“Kishining elkasi o‘ziga halol bo‘lmagan ayolning elkasiga tegishidan ko‘ra, u uchun loy va balchiqqa bulangan to‘ng‘izga tegishidan yaxshiroqdir” deganlar. (Tabaroniy rivoyati). عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَإِيَّاكُمْ وَالدُّخُولَ عَلَى النِّسَاءِفَقَالَ رَجُلٌيَا رَسُولَ اللهِ، أَفَرَأَيْتَ الْحَمْوَ؟ قَالَالْحَمْوُ الْمَوْتُرَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّUqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayollarning oldiga kirishdan ehtiyot bo‘ling!» dedilar. Shunda bir odam: «Ey Allohning Rasuli, erning qarindoshiga nima deysiz?» dedi.«Erning qarindoshi o‘limdir!» dedilar u zot».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkaklarni ayollar oldiga kirishdan man qilmoqdalar. Chunki bu juda ham xatarli ishdir. Hech kim yo‘q joyda bir ayol bilan bir erkakning xoli qolishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida noshar’iy, harom ishga, hech bo‘lmaganda shubhaga, yomon fikr tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Faraz qilaylik, bir ayol o‘z uyida yolg‘iz o‘tiribdi. Eshikdan bir nomahram erkak chaqirib keldi. Ichkariga kirdi. Uyda mazkur ayoldan boshqa hech kim yo‘qligini bildi. Shu payt ikkisini ham shayton vasvasa qilishi, zinoga boshlashi hech gap emas. Bunday holatlar tez-tez bo‘lib turishini hamma yaxshi biladi. Zinoning ko‘pchilik holatlari ayni begona erkak va ayolning bir joyda xoli qolishlaridan boshlanishi hech kimga sir emas. Ba’zi birlar da’vo qilganlaridek, xoli qolgan erkak va ayol ochiq ko‘ngillik bilan, «do‘stona» gaplashib o‘tirishdi ham deylik. Nimani gaplashishadi? Shu payt xotinning eri yoxud erkakning xotini kelib qolsa, ular do‘stona gaplashib o‘tirishibdi, deb o‘ylaydimi? Umuman, boshqa bir odam, qo‘ni-qo‘shni ko‘rib qolsa-chi? Ba’zi bir kishilar «Uyga erning qarindoshlari kelib-ketib turishadi. Zarurat yuzasidan hech kim yo‘g‘ida xotinning oldiga kirsa nima bo‘ldi?» deyishadi. Sahobai kiromlar ham xuddi shu savolni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashgan ekan. U zot bu ish o‘lim bilan barobar ekanligi haqida xabar beribdilar. Ya’ni, bu nihoyatda xatarli ish, debdilar. Chunki bu narsa beparvolikka sabab bo‘ladi. Mazkur e’tiborsizlik oqibatida esa harom ish sodir bo‘lishi hech gap emas. Akasining xotini bilan zinoda qo‘lga tushgan ukalar oz emas. Shunga o‘xshash, boshqa nomahram qarindoshlar ham. Shuning uchun zinhor va zinhor ushbu hadisi sharifga xilof qilmaslik kerak. Buning uchun kimdir bu shar’iy amrni tark etgani tufayli zino qilib qo‘ygan yoki shubhaga qolib, bir oila buzilgan bo‘lishi shart emas. Shariatda bir hukm joriy bo‘lganmi, mo‘min-musulmon kishi unga qat’iy amal qilaverishi lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 194 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar