AQSh Amazondan yuk olish

Assalomu alaykum! AQShda yuk tashash kompaniyasini boshqaramiz. Asosan yuklar Amazon tizimidan olinadi. Amazon uzini platformasi orqali bozorga yukni chiqaradi. Yaxshi yuklarni juda tezlik bilan olish kerak 2-3 sekund ichida. Afsuski xozirda olib sotarlar judayam ko‘payib ketgan. Ular AVTOBUK programmani ishlatib eng yaxshi yuklarni xammadan birinchi tortib olib boshqalarga arzonga sotadi. Bazida 50% gacha arzonga sotiladi. AVTOBUK programmasi Amazon tarafdan taqiqlangan. Muammoga keladigan bo‘lsak agar biz AVTOBUK ishlatishni boshlamasak arzon ob sotarlardan qolgan yuklarni olishga majbur bo‘lyabmiz. Bu esa juda katta yo‘qotishlarga olib kelyapti. Bu masala suvga qo‘shnilarni nasos qo‘yib boshqalarga zarar keltirayotganga o‘xshaydi. Amazondan yuk olmasdan boshqa joydan yuk olsak Faktoring riboga aralashib qolishimiz munkin. Savol biz bu xolatda AVTOBUK ishlatsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taqiqlagan bo‘lsa, ishlatmang. Vallohu a’lam!

20 Avgust 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar