Filni ichidan chiqqan kofeni ichsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Dunyoda eng qimmat kofe Tainland davlatida tayyorlanar ekan. Tayyorlanish jarayonida bevosita fillar ishtrok etishadi. Yani fillarni kofe donlari bilan oziqlantirib, ular oshqozon to‘g‘ri ichakda fermentatsiya uchrab, orqa axlat teshigi orqali tashqariga chiqarilar ekan. Keyin shu kofe donlarini yuvib tozalab dunyodagi eng xushbo‘y kofe tayyorlanar ekan. Shunday uslubda tayyorlangan kofeni istemol qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ibn Obidin rahmatullohi alayh “Roddul muhtor” kitoblarida “Tatarxoniya”dan naql qilib, “Agar tuya, qo‘y va echkining qumqalog‘ida arpa topilsa, uni yuviladi va uch bor quritiladi va eyilaveradi. Molni tezagining ichida topilsa eyilmaydi. “Fathul qodiyr”da “Chunki molni tezagi quruq bo‘lmaydi” deganlar. So‘ng “Tatarxoniya” kitobida “Al Kubro”dan naql qilinib: “Bu borada biroz tafsilot bor. Ichidagi najosat singib ishishi va ishmasligiga bog‘liq. Bu borada qo‘y, tuya kabi hayvonlarning qattiq qumqalog‘i bilan mollarni tezagi barobardir. Ya’ni najosatni shimib shishib qolsa ikkisining ichidan tushsa ham eyilmaydi. Najosatni o‘ziga shimib olmasa ikkisining ham ichidan tushganini eyilaveradi” deyilgan.
Biz qahva u jonvorni ichiga tushganidan keyin uning oshqozonidagi najosatni shimib olish yoki shimib olmasligini bilmaymiz. Ammo o‘sha hayvonlarga edirib qahva tayyorlovchilar “Muayyan bir hayvonni ichidan tushsa shunday ta’mga ega bo‘ladi, boshqa hayvonlarga edirib orqasidan chiqqanlarida qahva bunday ta’mga ega bo‘lmaydi” deyishlaridan qahva o‘sha hayvonni ichida ba’zi bir narsalarni shimib olishiga dalolat qiladi. Agar shimib olsa eyish joiz bo‘lmay qoladi. Vallohu a’lam!
21 Avgust 2022, 19:02 | Savol-javoblar | 190 | Halol va harom