Mol go‘shtidan tayyorlangan dori

Assalomu alaykum! Man doktorman. Bilasizlar tibbiyotda tarkibida cho‘chqa maxsuloti bo‘lgan dorilar juda ko‘p. Silarga savolim: Evropada chiqarilgan tarkibida mol go‘shti bo‘lgan dorilarini sotsa, ichsa, naznachit qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz so‘rayotgan dorilarni iste’mol qilish hukmi uning tarkibidagi go‘sht shar’iy yo‘l bilan so‘yilgan yoki so‘yilmaganiga bog‘liq. Go‘shtini eyish man qilinmagan (sigir, qo‘y kabi) hayvonlar shar’iy yo‘l bilan so‘yilganligining alomati yoki dalili bo‘lmasa uni va u qo‘shilgan dorilarni iste’moli joiz emas. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 16:54 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar