Istexozali ayol bilan qovushish
Assalomu alaykum! Yangi uylangandan keyin yaqinlikdan oldin er bilsaki, uning ayoli xayz kunlarini unutib, yana istehozali bo‘lib xar kuni qon ko‘rsa unda qanday xolatda qovushsa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch kundan oz muddat keluvchi qon, hayz kunlarining o‘n kunidan oshganda kelgan qon, nifos kunlarining qirq kunidan ziyoda bo‘lganda keluvchi qon, yoki hayz va nifosda odati bo‘lgan ayolning odatidan ortiqcha ko‘rgan qoni, homilador ayol ko‘radigan qon, mana shu qonlar “Istihoza” qoni deyiladi. “Istihoza” kasallik qoni deganidir. Birinchi marta hayz ko‘rgan qizning qoni o‘n kundan oshib ketsa, o‘n kuni hayz, ziyodasi istihoza bo‘ladi. Va unga har oydan o‘n kun odat belgilanadi. Xuddi shuningdek, birinchi marta nifos ko‘rgan ayolning qirq kundan oshib ketsa qirq kuni nifos, ziyoda istihoza bo‘ladi. Keyinchalik unga qirq kun odat belgilanadi. Nifosdan ziyodasi esa istihoza bo‘ladi.
Oisha (roziyallohu anho) dan rivoyat qilinadi. “Fotima binti Abu Hubays (roziyallohu anho) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: “Men istihoza bo‘laman. Namozni qo‘yamanmi?” deb so‘radi. U zot: “Yo‘q. Albatta u tomir uzilgandandir. Hayz emas. Lekin sen odatda hayz ko‘radigan kunlaring miqdorida namozni qo‘y. So‘ngra g‘usl qilib, namozni o‘qiyver” dedilar”. Boshqa bir rivoyatda” “Qachonki hayz kelsa, namozni qo‘y. Qachonki, u (kunlar) o‘tib ketsa, o‘zingdan qonni yuvib, namozni o‘qiyver”dedilar. Imom Termiziy (rahmatullohi alayh) esa: “Narigi vaqt kelguncha, har namozga tahorat qil” dedilar”ni ziyoda qildi.
Istihoza qoni hayz bo‘lmay (bachadondan kelmay), balki tomirdan kelgan qon bo‘ladi. Ba’zi tomirlar uzilgani uchun doimo qon kelib turadi. Shuning uchun mustahoza ayol sog‘lik vaqtidagi odati bo‘yicha necha kun hayz ko‘radigan bo‘lsa, o‘sha kunlarni har taraflama hisoblab aniqlaydi va mazkur kunlarning namozini o‘qimaydi. U kunlar tamom bo‘lgandan keyin esa hayzning g‘uslini qiladi, va istihoza qoni kelib tursa ham namozini o‘qiyveradi. Masalan, bir ayol sog‘lik paytida, har oyda olti kun hayz ko‘rar edi. Endi shu ayol doimiy istihoza ko‘radigan bo‘lib qolsa, har oydan olti kunni hayz deb hisoblaydi, shu olti kun tugagan kuni hayzning g‘uslini qiladi va keyin har bir namoz vaqti uchun bir marta tahorat qilib namozni o‘qiyveradi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa bir hadisi sharifda:
“U ayolga narsa (dard) etguncha odati bo‘yicha har oyda hayz ko‘radigan kunlar va kechalari sanog‘iga qarasin. Har oydan o‘sha miqdorda namozini tark qilsin. Qachon o‘shani o‘tkazsa, g‘usl qilsin va bir kiyim ila muhofaza qilib namozini o‘qisin” deganlar. Vallohu a’lam!
23 Avgust 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 222 | Halol va harom