Boshqa yurtda namoz vaqti

Assalomu alaykum! Men rossiyada ishlab, shu erda yashayman, men yashaëtgan shaxrimda masjidda shofei vaqti bilan namoz o‘qiladi, men xanafiy mazxabidaman, muslim pro dasturida xanafiy namoz vaqtlari shofeiy bilan 10-15 minut farq qilyapti, bu xolatda masjidda shofei vaqtida va uyda o‘qisam xanafiy vaqtida o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shart emas. Siz peshin namozini shofeiylarning azonigacha (har bir narsaning soyasi zavoldagi soyadan tashqari o‘zining mislichalik bo‘lgan vaqt) kechiktirmasangiz kifoya. Asr namozining kirish vaqti borasida ikki xil qavl bor. Biriga ko‘ra uning vaqti har bir narsaning soyasi (zavol paytidagi soyadan tashqari) o‘zining mislichalik bo‘lganida kiradi. Ikkinchisiga ko‘ra esa har bir narsaning soyasi (zavol paytidagi soyadan tashqari) o‘zining ikki mislichalik bo‘lganida kiradi. Avvalgi qavl Shofe’iy, Molikiy va Hanbaliy mazhablarining, hamda Abu Yusuf va Imom Muhammad rohimahumallohning qavlidir. Ikkinchi qavl esa Abu Hanifa rohmatullohi alayhining qavlidir. Abu Yusuf va Imom Muhammadning qavllariga amal qilar ekansiz, peshinni shu vaqtdan kechiktirmaysiz. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar