Biznesda sherikchilik

Assalomu alaykum! Biz tekstil mato bo‘yab berish faoliyatini yuritamiz. Korxonaga mablag‘ kerak hamkorlik qilmoqchimiz bizning taklif 100,000$ beradi va bir oyda qancha maxsulat bo‘yalgan bo‘lsa 1kg uchun 0,03$ dan foyda ajratib beramiz eng kami 1yilga kelishamiz hamkorlikni tugatsak tikilgan pulni 3 oy ichida qaytaramiz. Shu xolatda ish yurutsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Foydani bunday ko‘rinishda belgilash durust emas. Kelishuv to‘g‘ri bo‘lishi uchun sarmoyadorni mato bo‘yash ishiga sherik qilasiz. Ishdan hosil bo‘lgan foydani ulushlar ko‘rinishida taqsimlaysiz. Misol uchun sizga foydaning 3/2 qismi, sarmoya egasiga esa 3/1 qismi kabi. Sarmoyani qaytarib bermay turib foydani taqsimlash durust emas. Shunga ko‘ra, 1 yilga shartnoma tuzsangiz, foydani yil oxirida taqsimlaysizlar. Sarmoyador pulga muhtoj bo‘lsa, yil asnosida qarz sifatida  sherikchilikdan mablag‘ olib turishi mumkin. Vallohu a’lam!

27 Avgust 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar