O‘g‘limni yomon yo‘ldan qaytarish
Assalomu alaykum! Meni 20 yashar ug‘lim bor. Moskva shaxridagi nufuzli oliygoxni talabasi. Lekin xozirda Toshkent shaxrida. Bir yil onlayn o‘qigan edi. Avgust oyida Xudo xoxlasa ketadi. Ammo muammo bor. Mana shu aqlli ota-onasiga gap qaytarmaydigan o‘g‘lim, bir koreys qiziga ilakishib qolgan. Uylantirib qo‘yay desam xali yosh va o‘qishi qolib ketadi. Lekin u qizni xulqi yomon qizlardan. Bir nechta yigitlar bilan yuradi. O‘g‘limni xuddiki almashtirib qo‘yilgan deysiz. O‘tirg‘izib yaxshilikcha gapirishib ko‘rdik. Qulog‘iga gap kirmaydi. Xuddiki qulog‘i kar, ko‘zi ko‘r. Qo‘rqaman yomon ish qilib qo‘yishidan. Chunki qiz yomon xulqli. O‘g‘limni urushib xam, yaxshi gapirib xam ko‘rdik. "xo‘p bo‘ladi oyi" -deydiyu yana gaplashaveradi. Unda uylantirib qo‘yaman-desam, uylanmayman deydi. Qo‘rs bo‘lib qolgan. Besh vaqt namozlarimda Xudodan istig‘for aytib kechirim so‘rayman, bolamga, o‘zimga insof so‘rayman, Xudoyimdan yolvorib so‘rayman, lekin bo‘lmayapti. Iltimos bolamni qaytarish uchun nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz ko‘proq duo qiling. Imkon bo‘lsa, ruqiya bilan dam soldiringlar. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 12:06 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz ko‘proq duo qiling. Imkon bo‘lsa, ruqiya bilan dam soldiringlar. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 12:06 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush