Bomdodga ulgurmaslik

Assalomu alaykum! Bir dugonamning aytishicha u bomdodga ulguromayotgan ekan. Ma’lumki xavo sovigach kunlar qisqaradi. Xozir bomdod 5:45 da qilib 6da azon aytilayotgan ekan. Dugonam kollejdan 2 soatlik yo‘l uzoqda turadi. Agar 6da yo‘lga otlanmasa darsga kech qoladi. Xozircha bir amallab bomdod o‘qishga ulgurayapti. Ammo keyinchalik kunlar yanada qisqaradi. U erdan kelishga esa faqat 1gina transport bor ekan. Dugonam qanday yo‘l tutsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikki rak’at bamdodni farzini o‘qish uchun ko‘payib ketsa 4 daqiqa vaqt ketadi. Allohga va oxiratga iymon keltirgan inson bu 4 daqiqani chorasini topshi aniq. Namozining g‘amida bo‘lgani juda ham quvonarli holat. Alloh xayriyatda bardavom qilsin. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar