Xalol sertifikati

Assalomu alaykum! Men ishlaetgan kompaniya, tashkilotlarga ISO 9001, 14001, 45001, 50001 va 22000 sertifikatlarni beradi. Biz beradigan sertifikatlar, maxsulotga, xizmatga emas, TAShKILOTlarga beriladi. Xozirda aksariyat ozik ovkat maxsulotlari ishlab chikaruvchi tashkilotlar, XALOL sertifikati olish uchun kizikishlarini bildirishyapti. Bizning kompaniya, xozirgi kunda masjid xodimlari (shariat axkomlarini yaxshi biladigan) bilan shartnoma tuzib, ularning XALOL sertifikati olish uchun kuyilgan talablariga javob beradi degan xulosasi olgandan sung, ISO 22000 XALOL sertifikatini bermokchimiz. Masalani nozik joyi shundaki, biz TAShKILOTga XALOL sertifikati beramiz, MAXSULOTga emas. Lekin, tashkilot maxsulotini etiketkasiga, ISO 22000 XALOL sertifikatimiz mavjud degan ezuv bilan ishlab chikaradi. Xaridorlarning 95% bu ISO 22000 XALOL sertifikati maxsulotga emas, tashkilotga berilganini tushunmaydi. Bizdan bu sertifikatni olmokchi bulgan tashkilotlar maxsulotlarini eksport kilishadi. Chet eldagi xamkorlarini talabi esa shu sertifikati borligi. Agar biz sertifikatni bermasak, boshma mamlakatdan Bari Bir olishga majbur. Bizga yul kursating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! TAShKILOTga XALOL sertifikati beramiz, MAXSULOTga emas” degan ma’noni kengroq targ‘ib qilish kerak. Chunki bu bilan odamlar chalg‘ib, asli halol bo‘lmagan narsani halol deb bilishi mumkin. Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 20:22 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar