Alloh hadisi qudsiyda aytadi

Assalomu alaykum! Alloh hadisi qudsiyda aytadi. Ey odam bolasi er yuzini gunohga to‘ldirib oldimga kel, agar shirk keltirmagan bo‘lsang, seni er yuzi to‘la rahmatim bilan kutib olaman. Payg‘ambarimiz: kibrli dayus mo‘minlar jannatga kirmaydilar deganlar. Ahir Alloh shirk keltirmagan bo‘lsang deganida kibrlilarni, dayuslarni kechirishini aytmadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iymon bilan vafot etgan har qanday mo‘min borki u albatta jannatga kiradi. Ammo bundan avval Allohning adolati ila qilgan ishlariga yarasha jazolanadi yoki uning rahmati va fazli ila afv qilinishi mumkin. Hadisi shariflarda ba’zi mo‘minlar haqida “jannatga kirmaydi” deya ta’riflangan. Ushbu hadislar “qilgan gunohi uchun jazosini olmay jannatga kirmaydi” ma’nosidadir. Vallohu a’lam!

16 Sentabr 2022, 22:00 | Savol-javoblar | 135 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar