Futbolka yoki engi kalta ko‘ylakda namoz o‘qish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Islom.uz saytida "futbolkada namoz o‘qish" degan mavzuda maqola o‘qigan edim. O‘sha maqolada engi kalta ko‘ylakda namoz o‘qish makruh deyilgan edi. Buni bilishim bilanoq to‘liq bajarib kelayotgan edim. Hatto namoz uchun pokiza va eng yaxshi kiyimlarimni ajratib qo‘ygan edim. Yoz keldi, ko‘chada engi kalta ko‘ylakda yoki futbolkada yurishga majbur bo‘lyapmiz. Ba’zi paytlarda, ko‘cha-kuyda ish bilan yurgan paytlarimda namozni futbolka yoki engi kalta ko‘ylakda o‘qishga to‘g‘ri kelyapti. Makruh ekanlgini bilib turib ham shunday amal qilolmayotganligimdan afsusdaman. Buni chorasi nima? Bu savolni o‘zim uchun so‘rayapman, ertaga masjidga chiqib futbolka yoki engi kalta ko‘ylak kiygan musulmonlarga tanbeh berish uchun emas.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘zingizga havola.

29 Aprel 2022, 06:08 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar