Muhiyddin ibn Arabi aslida kim?

Assalomu alaykum! Muhiyddin ibn arabi kim? Uni kitobidagi Payg‘ambarimiz bilan shayton suhbati haqidagi video va audiolari juda ko‘p tarqalgan. Ko‘plar uni Vahdat ul vujud aqidasida bo‘lgan. Va bazi ulamolar kitoblarini o‘qib hululilik aqidasini tarqatgan deyishadi. Yani Alloh taolo zoti bilan insonni ichida bo‘ladi. Va uni Ibrohim alayhissalomning o‘zi Alloh degan kalimasini ham yozgan deyishadi. Astag‘firulloh. Xatolarimizni Alloh kechirsin. Bularni aytishimdan sabab Toshkentlik imomning u kishini ulug‘ zot va yana qandaydir go‘zal so‘zlar bilan u kishini ulug‘laganini eshitin ikkilanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muhyiddin ibn Arabiy katta valiyullohlardan bo‘lganlar. Din dushmanlari u zotning kitoblariga turli shirkiy va bid’atlarga tegishli gaplarni tiqib yuborishgan.
Vahdatul vujuud masalasi juda oson masala. Buni hozirgi kunda misoli hamma tokda ishlaydigan narsalarning mavjudligi elektrostantsiyaga bog‘liq. Tok bo‘lmasa ular mavjud emas. xuddi shuningdek har bir narsaning mavjudligi Allohning maxluqotlarini harakatlanishlariga qudrat yaratib berishiga bog‘liq. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 23:38 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar