Islomda soqol mavzusi

Biz uchun hurmatli Shayh hazratlari. Hurmatli ustoz. Gapimning avvalida sizning Islomga bulgan mehnatlaringizni alohida ta‘kid qilib utmoqchi edim. Mening zalolatdan qutulishimga sababchi bulgan narsalardan biri bu sizning kitoblaringiz va suhbatlaringizdir. Sizning kitoblaringizni o‘qib dinimni yahshiroq tushuna boshladim. Men hozir Uzbekistonda bulmaganligim uchun sizning ohirgi chiqqan kitoblaringizni o‘qiy olganim yuq, lekin internetda ba‘zi bir narsalar topishga imkon bulyapti alhamdulillah. Ohirgi kurgan narsalarimdan sizning Ramazon oylarida Ruhiy tarbiya haqida gapirgan suhbatlaringizni eshitib hursand buldim. Halqimizning dinni yuzaki emas, ota-bobolarimizi dini bugani uchun emas balki haq din bulgani uchun e‘tiqod qiladigan, dinning ruhiyatini tushuna olish saviyasiga chiqa boshlaganini kurib Allohga hamdlar aytdim. Sizning bu ishlaringizga Alloh baraka bersin, va sizga ajrlar ato etsin. Bizni ham bu yulda molimiz va jonimiz bilan hizmat qiladiganlardan qilsin. Allohim barcha mu‘minlarni rahmatiga olsin. Omiyn.Savolimga kelsak bizning mamlakatda hali soqol o‘stirishga odamlar urganmaganligi uchunmi bilmadim, soqolni faqat yoshi kattalar, imomlar yoki qorilar quyadi degan fikr bor. Yosh odam soqol quysa g‘alati qarashlar paydo buladi yoki biror siyosiy oqimga qushilgan deb o‘ylashadi. Mening otam ham hamma vaqt ‘soqolingni ol‘ deb yuradilar. Mening tushunishim buyicha soqolni o‘stirish Rasululloh :saw ning buyruqlari va o‘zini mu‘min deb hisoblagan kishi buni o‘stirishi kerak. Men shunday holatda ya‘ni otam bundan qaytarib tursalar u kishiga itoat qilmaslikka haqqim bormi, agar holat shu darajaga borib etsa? Agar sizning qimmatli vaqtingizni behudaga ketkizgan bulsam uzr surayman. Va bizning haqqimizga duo qilishingizni iltimos qilaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xuddi shu maktubdagiga o‘xshatib haqiqatni otaga ham anglatish kerak.

21 Aprel 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 143 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar