Oilada so‘roqsiz olish

Assalomu alaykum! 1) Men katta oilada turaman. Oilada aka ukalar bir birimizni narsamizni beso‘roq olamiz yani kimgadur olingan ammo vaqt o‘tishi bilan qolganlar ham uni ishlatadi. Masalan men akamni ko‘p eski kiyimlarini kiyaman ba’zilari kimnikiligini ham bilmayman, aka uka bir-birini kuni kiyib katta bo‘ladi deyishadi. Shuni hukmi qanday? Alloh rozi bo‘lsin 2) Yana menda bir talay mualliflik huquqiga zid ravishda chiqarilgan kitoblar bor. Agar ularni egasidan roziligini olish iloji bo‘lmasa. ularni nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘zaro rozilik bilan bo‘lsa joiz.2). Ijozat olguningizcha hech kimga bermay saqlab turing. Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 119 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar