Qarindoshlik aloqasi buzilishi

Assalomu alaykum! Vokea tushunarli bo‘lishi uchun uzunroq yozaman. Yakin bir yilda xammasi yaxshi edi. Ammo baxtga karshi dadam buyrak seroziga chalinib koldila va tabiiyki transplatsiya kipish kerak bub koldi. Bizni oilaviy sharoitimizda bu aperatsiyaga yetarli mablag yuk edi. Shunday sharoitda biz amakimladan tekshiruvlar va dori darmonlar uchun mablag suragandik ammo mablag masalasida dadam bilan tortishib koluvdila va yordam bermay ketgandilar. Va shu buldiki na bobom, na buvim, na amakim va na ammalarim xabar oldilar va xatto kungirok xam kilmay kuydilar . Biz kishlokda va dadam bosh farzand bulganliklari uchun bobo-buvim amakim bilan shaxarda turadilar. Shu bir sabab bilan alokani uzdilar karindoshlarimiz biz bilan . Eng afsuslanarlisi biz dadamni arab kololmadik. Eng avvalo Ollox bergan umr lekin biz moddiy tomondan dadamni davolatolmadik. Chunki oilamizda fakat dadam ishlar edilar . Men va ukam endi Oliygoxda 2-kurs. Dadamni taziyalarida keldilar amakim va karindoshlarimiz. Lekin xatto taziyadan keyin xam axvolimizdan xabar olmadilar va xozir xam. Xech bir taziyadan keyingi marosimlarga kelmadilar. Inson shu darajada farzandidan va jigaridan kechib yuborishi aklga sigmaydi. Endi moddiy tomonlama kiynalayotganimiz uchun men turmush kuryapman . Men bilamanki karindoshlardan kechish katta gunoxlardan biri. Endi savolim shuki, biz ularni dadamni yillaridan keyin tuyimga taklif kilaylikmi yoki indamay ulardek alokani uzib koyakolaylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aloqani uzmanglar. عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ جُبَيْرِ بْنِ مُطْعِمٍ أَنَّ جُبَيْرَ بْنَ مُطْعِمٍ أَخْبَرَهُ أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُلَا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ قَاطِعُ رَحِمٍرَوَاهُ الْبُخَارِيُّ فِي الْأَدَبِ Muhammad ibn Jubayr ibn Mut’imdan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Qarindoshlik aloqasini uzgan odam jannatga kirmaydi», – dedilar».
Buxoriy «Adab»da rivoyat qilgan.
Silai rahmni uzish insonning jannatga kirmay qolishiga sabab bo‘ladigan katta gunoh ishlardandir. Alloh taolo bundan O‘z panohida asrasin.عَنِ الْأَعْمَشِ وَالْحَسَنِ بْنِ عَمْرٍو وَفِطْرٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَلَيْسَ الْوَاصِلُ بِالْمُكَافِئِ، وَلَكِنِ الْوَاصِلُ الَّذِي إِذَا قُطِعَتْ رَحِمُهُ وَصَلَهَارَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.A’mash, Hasan ibn Amr va Fitrdan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qilganiga yarasha qaytargan silai rahm qiluvchi emas. Ammo silai rahm qiluvchi qarindoshlari aloqani kesganda bog‘lovchidir», – dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Ya’ni boshqalar undan qarindoshlik aloqasini uzsa ham u silai rahm qilaveradi. «Sizdan ugina, bizdan bugina» degan niyatda bo‘lsa, «U qilsa, men ham qilaman» desa, mukofot uchun qilgan bo‘ladi. Bunday odam silai rahm qilgan hisoblanmaydi. Bunday muomala begonalarga ham qilinadi.
Qarindoshi yomonlik qilsa ham, silai rahm qilavergan odam haqiqiy silai rahm qiluvchi bo‘ladi. Bu erda juda katta gap bor. Hozirgi kunda qarindoshlik aloqalarining buzilishiga ko‘pincha ana shu omil, ya’ni «U qilsa, men ham qilaman, u qilmasa, men ham qilmayman» degan tushuncha sabab bo‘lmoqda.
Lekin ushbu hadisi sharifga amal qilinsa, «Mayli, boshqalar qilmasa qilmasin, lekin bu mening burchim, qilaveraman», deb silai rahm qilaversa, bir-ikki martalik harakatdan keyin narigi taraf ham «Bu qilyapti, men ham qilmasam, uyat bo‘ladi» deb, ikki tomondan ham aloqalar yo‘lga qo‘yilib ketadi.
 Musulmonlik burchini anglab etgan kimsa bu ishni avvalroq qilishga urinadi. Natijada qarindoshlik, do‘stlik, birodarlik aloqalari hech qachon uzilmaydi. Vallohu a’lam!

23 Sentabr 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 133 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar