Aroq qo‘shilgan konditer mahsulotlari

Assalomu alaykum! Hozirda konditer mahsulotlari ichiga spirt qo‘shilayotgan ekan. Ko‘pincha tortlarda. Shunga shubha paydo bo‘ladi magazinlardan olishga, taqvo qilib uyda pishirilgan tortlarni istemol qilsak. Ammo, bazida bizga xadya sifatida ishxonada yoki bazmlarda tortlar berishadi. Men u tortlarni nima qilsam bo‘ladi? Menku emayman desam, uyga ham olib borgim kelmaydi. Shu ichida spirt bo‘lishi mumkin deb. Shu tortlarni tashlab yuborish isrof bo‘lib, xarom ish qilgan bo‘lmaymizmi? 100% xaromligi aniq bo‘lmasa tashlashga shoshmaslik kerak ekan, lekin nima qilsam bo‘ladi, taqvo qilmoqchiman to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsa qo‘shilgani 100% aniq bo‘lmagunicha harom deyishga haqqingiz yo‘q. Agar taqvo qilsangiz “men eyaveraman” deganlarga berib yuboring. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 189 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar