Folbinlar
Assalomu alaykum! Folbinlik qilish, kimnidir kelajagini bashorat qilish, yo‘qolgan narsalarni jinlar yordamida topish, umuman fol ochish katta gunoh. Lekin kattalardan eshitishimcha baxshilar odam ko‘rib fol ochmasa jinlari uni bo‘g‘ib, urib qiynashar ekan. Bir haftacha oldin uzoq bir qarindoshimiz, 1998-yilda tug‘ilgan qiz yoqolib qoldi. U qiz yoshligidan holi joylarga berkinib olardi. Jinlari kuchli emish. Ustozi qartada fol ko‘rishni o‘rgatayotgandi. Yo‘qolishidan 1 oycha oldin bir baxshigami yoki domlagami ko‘rsatishganda “agar o‘qitib jinlarini haydamaselar, 10 kun ichida uydan chiqib ketadi. Yo‘qolgandan keyin borsa topiladi, lekin o‘ladi” degan ekan. Savolim inson xohlamasdan, jinlarning qistovi bilan, majburlikdan bunday ishlar qilsa ham gunohmi? Hammasi ham emas ayrimlar jinlarini bosib turish uchun odam ko‘risharmish. Savolimni to‘g‘ri tushuntirolmagan bo‘lsam va noto‘g‘ri fikrlarim uchun uzr. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlarining “«Folbinlik, sehirgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlarning haqiqati»” kitoblarini olib o‘qing. Vallohu a’lam.
2 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 180 | Turli savollar