Kompensatsiya pulini ishlatish joizmi?
Assalomu alaykum! Mening avtoulovimni bir avtoulov engil turtib olib shikast etkazdi. Zarar etgan qismi (bemper) ning yangisining narxi va almashtirish hizmati bahosi umumiy 700000 so‘m baholandi. Shu pulni etkazilgan zararni qoplash uchun menga to‘lab berdilar va rozi holda tarqaldik. Men avtoulovni ustaga olib borganimda ustaning maslahati bilan bamperni almashtirishga hojat yo‘ligi, zarb etkan qismidan boshqa joylari butun holatda ekanligi, qirilgan joyiga bo‘yoq sepib ta’mirlash imkoni ham mavjudligi sababli ushbu ishni 200000 so‘mga kelishib ta’mirlatdim. Bu holatda menga berilgan kompensatsiya pulining ortib qolgan qismini shaxsiy ehtiyojlarim uchun sarflash men uchun halolmi? Afsuski u odamning telefon raqamini olmagan edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizning mulkingizga zarar etkazilgan bo‘lsa, uni zarar etishidan avvalgi holiga qaytarishga qancha harajat qilinadigan bo‘lsa o‘shani zarar etkazuvchi taraf qoplab berishi lozim. Siz yangi bamperning narxini olibsiz, zarar etkazilishidan avval bamperingiz mutlaqo yangimidi? Yoki bir muddat foydalanilganmidi? Agar mutlaqo yangi bo‘lgan bo‘lsa to‘g‘ri qilgansiz, lekin yangi bo‘lmasa qaytadan hisob kitob qiling va ortiqcha olingan pulni qaytaring. Vallohu a’lam!
27 Sentabr 2022, 17:31 | Savol-javoblar | 114 | Moliya va tijorat