Ucell dan al-chiroq haqida batafsil

Assalomu alaykum! Usell o‘ziga ko‘proq abonentlarni jalb qilish uchun Al-chiroq ilovasida ham aksiya o‘tkazyabdi. O‘ylaymanki sizlar bu ilova haqida ma’lumotga egasiz, lekin ma’lumot o‘rnida bu ilovalarni ishlash prinsiplari haqida aytib o‘tishni o‘zimga loyiq ko‘rdim. Va ko‘p joydan bu narsa (halol yoki haromligi) haqida ma’lumot qidirdim, lekin topolmadim. Ko‘p yoshlar bu ilovadan foydalanishadi, lekin halol, harom, makruh yoki mubohligi to‘g‘risida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Xullas, bu ilovadan ikkita tugma boladi birini nomi premium va kunlik, agar kunlikni tanlasangiz, sizga 3 ta mb, daqiqa va sms yutib olishga imkoniyat beriladi va uchchalasidan biri albatta beriladi, birinchisi tekin, ikkinchisi va uchinchisi 200 so‘m va 300 so‘m miqdor evaziga beriladi. Qanaqa sovg‘a chiqishini hech kim bilmaydi . Premium tugmasida esa, boshqacharoq, unda ham 3 ta imkoniyat faqat mb va daqiqaga yani, agar shu tugmadan foydalanaman desangiz, siz daqiqa yoki mb ni olishlikni oldindan tanlaysiz va 1-imkoniyat 1000 so‘m, 2- Si 2000 so‘m, 3-Sini bilmadim (hali bunga ehtiyojim tushgani yo‘q). Shularni qaysi biri halol, bu tashqi tomondan qumorga o‘xshamayabdi. Vallohi a’lam. Keyin yana boshqa tugma ishlab chiqildi, siz qancha ko‘p premium va kunlik tugmalatdan foydalansangiz sizni boshqa erdagi leveliz oshib boraveradi. Misol uchun u erda 3 ta level (bosqich) bor. Va ularni tugatgan foydalanuvchilarga sovg‘alar beradi. Misol uchun har safar foydalanganizda sizni uchchala leveliz to‘ladi va agar birinchi leveliz to‘lsa, 200 so‘m evaziga har sovg‘alar yutib olishiz mumkin eng kattasi telefon, eng kichigi 1000 mb va shu qatori 2- level ham to‘lib boradi, unda qimmatroq sovg‘alar va 300 so‘m echiladi. Shunaqa funtsiyalari bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdo molini tayin qilish ixtiyori sotuvchida bo‘lgani uchun yoki programma o‘zi tanlab bergani uchun joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

1 Oktabr 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar