Futbol musoboqasida yutilgan sovg‘ani nima qilish
Assalomu alaykum! 1) Yaqinda saytingizda bir savol va javobni o‘qib qoldim, shundan keyin xavotirga tusha boshladim. Sababi biz ishimizda xar yili hamkasblarimiz o‘rtasida futbol musoboqasi tashkillashtirib turiladi. Ushbu musoboqada sovg‘alar xar gal ham kasaba uyushmasi yoki korxona mablag‘lari hisobidan olinavermaydi. Ko‘pincha qatnashuvchi xar bir jamoa to‘laydigan badal puli hisobidan o‘yin maydoni uchun to‘lov, xakamlar xizmat xaqi, bayram dasturxoni uchun to‘lov va qancha jamoa qatnashsa ham faqat sanoqli (1,2,3 ba’zida 4 nchi o‘rinni olgan) jamolarga natijasiga qarab beriladigan sovg‘alar uchun to‘lov amalga oshiriladi. Men ham bundan 3 yil oldin qatnashib jamoam bilan g‘olib bo‘lganman va medal va sovg‘a buyumga ega bo‘lganman. Endi shu medal va buyumni nima qilsam to‘g‘ri bo‘ladi, iltimos maslahat bering. 2) Savol berganimda ko‘p murojaat qilayotganday bo‘lib xijolat bo‘layabman. Shu sababli bitta foydalanuvchi qancha savol berishi mumkinligi, ikkita murojaat orasida kamida qancha muddat bo‘lishi kerakligi xaqida aytsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Olgan sovg‘alaringiz mag‘lub jamoalarning puli hisobidan shakllantirilgan bo‘lsa, o‘sha insonlarga haqlarini qaytarib berishingiz lozim.2). Bitta xatda bitta savol yo‘llang. Qidiruv xizmatidan albatta foydalaning. Javob saytda mavjud bo‘lmasa alohida-alohida xatlar bilan savollaringizni yo‘llayvering. Vallohu a’lam!
1 Oktabr 2022, 20:27 | Savol-javoblar | 111 | Turli savollar