Halol foyda
Assalomu alaykum! Meni bir savol qiynamoqda erimga tanishi 25 ming pulim bor moshina olib ber deb iltimos qilibdi xo‘jayinim 23 mingga moshina topibdi shuni olib berib egasiga aytmay 2 mingini o‘ziga olib qolmoqchi men bu noto‘g‘ri egasiga aytib xaqqizni oling desam sen tushunmaysan bunday ishlar aytmay qilinadi aytsam pul bermaydi boshqadan oladi deb aytyapti. O‘zlari ora orada shunday daromad qilib turadilar menga shubhali tuyuladi xarom luqmadan qo‘rqaman shuni shariy yo‘l bilan chiroyli tushuntirib beringlar. Erim ham sizlarni kanalizni kuzatib boradilar, halol luqma esam farzandlarimizniyam halol edirib sizlardek ahli ilmlardan qilish niyatimiz erim ham mo‘min halolning ortidan quvadigan inson bu ishi to‘g‘ri deb uylab adashyaptimi deyman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eringiz o‘sha tanishingizga mashina olib berishga vakil qilingan bo‘lsa yashirincha olib qolgan 2 ming puli unga halol emas. Uni o‘sha tanishiga qaytarishi shart. Vallohu a’lam!
6 Oktabr 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 107 | Moliya va tijorat