Tongda o‘qiladigan kalima

Assalomu alaykum! Shunday bir kalima bor ekanki uni tongda o‘qigan odam shu kuni o‘lsa jannati bo‘lar ekan Shu qaysi kalima? Agar iloji bo‘lsa shu kalimani to‘liq yozinglar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: حَدَّثَنِي شَدَّادُ بْنُ أَوْسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «سَيِّدُ الْاِسْتِغْفَارِ أَنْ تَقُولَ: اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي، لَا إِلَهَ إِلَّا أَنْتَ، خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ، وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ، أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ، أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ، وَأَبُوءُ بِذَنْبِي، اغْفِرْ لِي، فَإِنَّهُ لَا يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلَّا أَنْتَ». قَالَ: «وَمَنْ قَالَهَا مِنَ النَّهَارِ مُوقِنًا بِهَا، فَمَاتَ مِنْ يَوْمِهِ قَبْلَ أَنْ يُمْسِيَ، فَهُوَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ، وَمَنْ قَالَهَا مِنَ اللَّيْلِ وَهْوَ مُوقِنٌ بِهَا، فَمَاتَ قَبْلَ أَنْ يُصْبِحَ، فَهْوَ مِنْ أَهْلِ الْجَنَّةِ Shaddod ibn Avs roziyallohu anhu shunday so‘zlab berdi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Istig‘forning sayyidi «Allohumma anta Robbii, laa ilaaha illaa anta, xolaqtanii va ana ’abduk va ana ’alaa ’ahdika va va’dika mastato‘tu, a’uuzu bika min sharri maa sona’tu, abuu’u laka bi ni’matika ’alayya va abuu’u bizanbii, ig‘fir lii fa’innahuu laa yag‘firuz zunuuba illaa anta», deyishingdir».* Kim buni kunduzi chin dildan aytsa va shu kuni kech kirmasdan vafot etsa, jannat ahlidandir. Kim buni kechasi chin dildan aytsa va tong otmay turib vafot etsa, jannat ahlidandir».

* Istig‘forning ma’nosi: «Allohim! Robbim O‘zingsan. Sendan o‘zga iloh yo‘q. Meni Sen yaratgansan va men Sening qulingman. Men qurbim etganicha Sening ahdu paymoning va va’dangda turibman. Qilmishlarimning yomonligidan O‘zingning panohingga qochaman. Menga bergan ne’matlaringni ham tan olaman, gunohlarimni ham tan olaman. Meni mag‘firat qilgin, chunki Sengina gunohlarni mag‘firat qilasan». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar