Oyatal Kursini o‘qish

Assalomu alaykum! Xar namozning xam sunnatidan so‘ng xam farzidan so‘ng va namozni tugatgach xam Oyatal Kursini o‘qisa bo‘laveradimi yoki o‘z vaqti o‘z qoidasi bormi? Demoqchimanki Oyatal Kursi duosini nomozda qancha ko‘p o‘kisam xam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnatda kelganini (ya’ni, har farz namozdan keyin o‘qishni) mahkam tutavering. Unga ziyoda qilishni istayotgan bo‘lsangiz boshqa sunnat amallarni ham topib o‘rganing va ularga amal qiling. Bu o‘zingiz o‘ylab topadigan ishdan ko‘ra chandon afzaldir. Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 129 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar