Taloq masalasida ikkilanyapmiz

Assalomu alaykum! Xo‘jayinim bilan urishib qolip otamni uyiga ketgandim o‘sha paytda SMSla orqali yana telefonda gaplashganimizda 10 martadan ortiq taloq aytgandila. Kiyin yarashaman dedila, yo‘q siz manga taloq aytgansiz man sizga haromman, shunchalik ko‘p taloq aytgansizki nigoh ham o‘qitib bo‘lmaydi desam xo‘jayinimga man imomdan so‘radim taloq aytishim faqat sani qaytarish niyatida bo‘lgan ajrashish niyatida emas deganla. Imom unda o‘rtaga taloq tushmagan debti. Niyatga bog‘liq ekan hammasi. Lekin erim manni niyatim boshqa edi, taloq aytishdan ajrashish emas sani qaytarish uchun deganla imomdananm so‘ragandim niyatda haqoniy taloq uchun aytilgan bo‘lsa unda rostanam taloq tushadi agar niyatiz taloq aytishdan pok bo‘lsa taloq tushmaydi degan ekan. Biz bu vaziyatda qanday yo‘l tutsak bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom taloq borasida o‘ta johil yoki eringiz sizni aldayotgan bo‘lishi mumkin. 10ta tugul uch taloq bilan o‘rtadaga rishta mutlaqo uzilgan. Taloq so‘zini aytishga niyat shart emas. Hazillashib taloq aytsa ham tushaveradi. Sizlarni birga yashashlaringizga shar’an yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar