Iftor duosini bilmasa
Assalomu alaykum! Agar iftor duosini bilmasa, lekin Allohdan tutgan ro‘zasini qabul qilishini so‘rab duo qilib ro‘zani ochsa bo‘ladimi? Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Ro‘zani ochishdan avval ro‘za tutgan holatda imkon qadar ko‘proq duolar qilish kerak. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Uch kishining duosi rad qilinmaydi. Ro‘zador og‘zini ochgunicha, adolatli podishox va mazlumning” dedilar. Termiziy rivoyati. Shuningdek Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ro‘zador iftorlik qiladigan vaqtda mustajob bo‘lgan bir duo bor” deganlar. Bu duo og‘izni ochib tamolanib olganidan keyin bo‘ladi. Shuning uchun Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu ro‘zasini ochib taomlanganidan so‘ng ahli va farzandlarini chaqirib duo qilar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomlanib, chanqoqlarini qondirib bo‘lganlaridan keyin quyidagi duoni o‘qir edilar.
“Chanqoqlar ketdi, tomirlar namlandi, ajr sobit bo‘ldi in shaa Alloh”. Abu Dovud rivoyati. Shuningdek وَكَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا أَفْطَرَ قَالَ: اللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَعَلَى رِزْقِكَ أَفْطَرْتُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالطَّبَرَانِيُّ وَلَفْظُهُ: بِسْمِ اللهِ اللَّهُمَّ لَكَ صُمْتُ وَعَلَى رِزْقِكَ أَفْطَرْتُ «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon iftor qilsalar:
«Allohumma! Laka sumtu va ’alaa rizqika aftortu» («Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim»), der edilar».
Abu Dovud va Tobaroniy rivoyat qilganlar.
Tobaroniyning lafzida:
«Bismillah. Allohumma! Laka sumtu va ’alaa rizqika aftortu» («Bismillah. Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim va Sen bergan rizq ila iftor qildim»), deyilgan.
Ko‘pchilik bu duoni og‘iz ochishdan oldin o‘qishadi. Aslida og‘izni ochib, taomlanib keyin qilinadi. Og‘izni ochishda “Bismillah”ni aytiladi, so‘ng xurma bilan og‘iz ochiladi. Bo‘lmasa suv bilan ochiladi. Shunday qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 06:29 | Savol-javoblar | 180 | Ro‘za