Mashinaga qo‘yilgan led chiroqlarlari

Assalomu alaykum! xozirgi kunda mashinalarga turli xil led chiroqlari qo‘yib olinyapti man kunda ishdan qaytayotganda juda qiynalaman sababi kech qaytaman, ishim kompyuter bilan bog‘liq ko‘z charchaydi shu odamlarga zarar etkazishmi buni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomda o‘zgalarga har qanday shaklda zarar etkazish man qilingan.8-QOIDA
لا ضرر و لا ضرار
(ISLOMDA) ZARAR BERISh VA ZARARGA ZARAR BILAN JAVOB QAYTARIShLIK YO‘Q. Ushbu qoida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflaridan biridir.
(Buni Ibn Moja, Imom Molik, Imom Ahmadlar rivoyat qilishgan).
Shu qoidaga ko‘ra mo‘’min kishi o‘z birodariga zarar bermasligi, mabodo undan zarar ko‘rib qolsa ham zarar bilan javob qaytarmasligi vojib bo‘ladi. Diror (ضرار ) kalimasi intiqom va o‘ch olish uchun qilinadigan zarar ma’nosida bo‘lib, ushbu o‘rinda kelishligiga asos bor. Faqat ta’kid uchungina kelmagan. Ushbu ma’noda uchta qoida bor:
1. Ushbu “(Islomda) zarar berish va zararga zarar bilan javob qaytarishlik yo‘q”, qoidasi bo‘lib, unda zararni hosil qilishlikdan qaytarish bor.
2. الضرر يزال zarar ketkaziladi qoidasi. Mabodo biror o‘rinda (insonning shaxsida, oilasida yoki jamiyatda) zarar paydo bo‘lsa uni yo‘qotishlik musulmonlar uchun vojib bo‘ladi.
3. يدفع بقدر الإمكان الضرار zarar imkon qadar yo‘qotiladi qoidasi. Hosil bo‘lgan zararni mutlaq yo‘qotish imkonsiz bo‘lsa, imkoniyat darajasida ketkazishlik vojib bo‘ladi.
لا ضرر و لا ضرار qoidasini tatbiq qilinib, savdoda molni ko‘rishlik ixtiyori beriladi. Bu bilan sotib oluvchidan zarar daf qilinadi. Ya’ni ushbu qoidaga binoan sotilgan narsani oluvchi kishida ko‘rishlik ixtiyori bo‘ladi. Uni ko‘rgan xaridor o‘zi xohlaganchalik narsa bo‘lmasa savdoni buzishga haqqi bor. Yana xiyori shart shu qoida asosida joriy bo‘lgan. Bunda oluvchi uchun ehtiyot choralarini ko‘rish va aldanib qolishdan saqlanishlik imkoniyati bor.
(Ya’ni shunday narsalar bo‘ladiki, ularni sifatlash yoki ko‘rish bilan qandayligini aniqlab bo‘lmaydi. Misol uchun xaridor sigirni uch kungacha sog‘ib ko‘ray, degan shartni qo‘yishga haqqi bor. Shu orada u sigirni sog‘ib ko‘radi va sotuvchi aytgani kabi o‘n litr sut bersa oladi, undan kam bersa qaytarishlik haqqi bo‘ladi).
Dehqonchilikda ham bu qoida qo‘l keladi. Misol uchun bir kishi erini foydalanib turishlik uchun yoki ijaraga berdi. Mabodo aytilgan muddatda dehqonning hosili pishmay qolsa, er egasi erini talab qilishligi joiz bo‘lmaydi. Balki dehqon ekinni yig‘ishtirib olgunga qadar erni unga topshiradi. Cho‘zilgan muddat evaziga o‘sha davr hisobi bo‘yicha erining haqqini oladi.
Yana shu jumladan qo‘shniga zarar bermaslik uchun uyni sotib olishlik imtiyozi avvalo qo‘shniga berilgan. Ya’ni sotiladigan uyni olishda avval qo‘shni haqli bo‘ladi. Mabodo u olmasa keyin boshqaga sotishlik mumkin. Esi past kishining molu-davlati uning oilasi va merosxo‘rlari zarar ko‘rmasliklari uchun qozi tomonidan xajr qilinadi, ya’ni muzlatiladi. Qarz beruvchilardan zararni yo‘qotishlik uchun muflisning narsalari muzlatiladi.
(Muflis deb bankrotga ya’ni kasodga uchragan kishini aytiladi).
Yana ushbu qoidaning tatbiqini mol taqsimlashda ham ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun bir qimmatbaho la’lni ikki sherik bo‘lishmoqchi bo‘lsa uni maydalab bo‘lishishga ruxsat etilmaydi. Chunki bunda la’lning qadr-qiymati va manfaati yo‘qolib mol zoe bo‘ladi. Vaholanki shariatda molni zoe qilishdan qaytarilgan.
(Demak bunda ikki tomon ham zarar ko‘rmasligi uchun la’lni sotib uni pulini taqsimlanadi). Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 253 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar