G‘ayridinlarning haqqi va g‘iybat qilish

Assalomu alaykum! 1) Agar musulmon kishida g‘ayridin kishining nohaq haqqi(moli) qolib ketsa va musulmon kishi ularni g‘iybat qilgan bo‘lsa, buning uchun ulardan kechirim so‘rashi kerakmi? 2) Musulmon kishi bilan g‘ayridin qiyomatda bir-biridan haqlarini so‘raydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). G‘iybat ikki qismga bo‘linadi. Urishib turgan g‘ayridinlarni g‘iybat qilish, bu joiz. Ikkinchisi omonlikda birga yashab turgan g‘ayridinlarni g‘iybat qilish. Bu ham ikki turga bo‘linadi. 1-ularni xilqatini, masalan bo‘yi past yoki balandligi, ko‘zini g‘ilay yoki shu kabi a’zolarini g‘iybat qilish. Bu mutlaqo joiz emas. Chunki bu Musavvir Zot Allohni yaratganini masxara qilish bo‘lib qoladi. 2-diniy va xulqiy ayblari va fisq-fujurlarini zikr qilish. Bu joiz. Albatta bunda ham bir maqfsad bo‘lishi kerak. masalan ulardan musulmonlarni uzoq tutish, o‘sha xulqlardan nafratlantirish kabi. Ularni haqqiga hidoyat so‘rab duo qilasiz.2). Ha, adolat yuzasidan xoh mo‘min bo‘lsin xoh kofir bo‘lsin har bir bandaning haqqi olib beriladi. Kofir bilan mo‘min o‘rtasida bu ish qanday bo‘lishi Allohning o‘ziga ma’lum xolos.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَتُؤَدَّنَّ الْحُقُوقُ إِلَى أَهْلِهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُقَادَ لِلشَّاةِ الْجَلْحَاءِ مِنَ الشَّاةِ الْقَرْنَاءِ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Albatta, qiyomat kuni haqlarni o‘z ahliga ado qilinur. Hattoki, shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yga o‘ch olib beriladi», dedilar».
Ikkisini Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu dunyoda ba’zi bir yomonlar o‘z yomonligining ba’zisining jazosidan qutulib qolishi mumkin. Ammo qiyomat kuni hech bir haq zoe bo‘lmaydi. Har bir narsa o‘z o‘rnini topishi muqarrar. Bunda faqat odamlar orasidagi haq-huquqlargina emas, balki barcha maxluqotlar orasidagi haq-huquqlar ham o‘z egasini topadilar.
Hattoki bu dunyoda o‘zining shoxi borligidan foydalanib, shoxsiz qo‘yni suzgan qo‘ydan ham o‘ch olinadi. Bas, shunday ekan, odam bolalari ham o‘zlarining «shox»larini ishga solib, o‘zgalarning haqqini poymol qilishga urina ko‘rmasinlar.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

18 Avgust 2023, 06:56 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar