Garovdagi tovarni tortib olib, sotish

Assalomu alaykum! 1) Nasiyaga telefon sotganda. Telefonni o‘zini garovga qo‘yib karobkasi olib qolinib, ayloud qo‘yiladi va vaqtida to‘lamay cho‘zib yursa, qolgan hamma pulni nasiya qilib emas, naqd qilib to‘lash sharti bilan sotiladi. Lekin haridorlar sharoit bo‘lmay to‘lovni kechiktirishadi. Muomala qilganlar bilan hattoki to‘liq muddat tugab, cho‘zilib ketsa ham indamaymiz. Ayrimlari qo‘pollashib, muddat o‘tib ketsa ham muomala qilmay yurishadi. Biz telefonni bloklashga majbur bo‘lamiz. Shunda ham to‘lamasa, boshidagi to‘lovni ham bermasdan, telefonni tortib olsak bo‘ladimi? 2) Agar uni umumiy qarzi telefonni bozordagi tan narxidan ko‘p bo‘lsa va u yana qarzdor bo‘lib qoladigan bo‘lsa, uni qarzini hisoblab bergandan so‘ng biz telefonni naqdga sotmasdan boshqa insonga nasiyaga sotsak bo‘ladimi? 3) Agar qarzi telefonni bozor narxidan kam bo‘lsa, telefonni sotib, o‘z pulimizni olib, uni haqqini qaytarib beramiz. Shunday vaziyatda telefonni bozor narxida hisoblab, uni haqqini qaytarib berib, telefonni o‘zimiz olib qolib, boshqa insonga nasiyaga sotsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shartnomada muddati o‘tgan qarzni undirish uchun qachon garov moli sotilishi mumkinligini oldindan belgilab olib, shunga ko‘ra ish ko‘rishingiz, garov molini sotib, qarzdorlikni tugatishingiz mumkin. Ortgan pulni esa xaridorga qaytarishingiz shart.2). Bo‘ladi.3). Sotilgan holatidagidek turgan, ishlatish tufayli biror shikast etmagan, “iznos” bo‘lmagan bo‘lsa o‘zingiz sotib olishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam!

26 Avgust 2023, 07:23 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar