Namoz niyati haqida

Assalomu alaykum! Bu savol balki sal noto‘g‘ri berilayotgan bo‘lishi mumkin bu uchun avvalda uzur. Diniy ilm darajam unchalik yuqorimasku lekin bir tanishim shunday deb aytdiki, namozda fors-tojik tilidagi niyat o‘zbek tilidagi niyatdan ustun yoki yaxshiroq ya’ni arab tilidan keyin namozni fors-tojik tilida niyat qilinishi yoki duolar qilinishi o‘zbek tilida qilingandan yaxshiroq deb aytdi shuning uchun menda kelib chiqdiki bu qanchalik xaqiqatga yaqin noto‘g‘ri bo‘lsa iltimos faktlar bilan keltirib berin. Yana shuki tanishim uning yaqin qarindoshi bu yuqoridagi gapni aytganini u axli ilmlardan ekanligini aytdi shuning uchun bunqanchalik to‘g‘ligini bilmoqchiman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Niyat muayyan lafzlarni til bilan talaffuz qilishdan iborat emas, balki u qalbning amalidir. Til bilan talaffuz qilishi ixtiyoriy. Til bilan talaffuz qilganda biror til boshqasidan ustun emas. Vallohu a’lam!

30 Avgust 2023, 08:33 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar