Vada bermoq
Assalomu alaykum! Ancha yil oldin yoshligimda tanigan insonimni yonimga birga ishlaymiz deb chaqirgan edim keyin ishlab bilsam uning xulki yomon: ko‘p yolg‘on so‘zlaydi, mayda gap, xazil kulgudan to‘xtamaydi, beodob ekan. Shu insonni yonimdagi boshqa ish bo‘limiga o‘tkazsam so‘zida turmagan gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi, uning yoshi 36 da. Yoki sabr qilib ishlayveraymi? U insonni xulqi yuqub sherik bo‘lib qolishdan qo‘raman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min mo‘minning oynasidir. Uning axloqi buzuq bo‘lsa unga ochiqchasiga ayting. O‘zidagi yomon sifatlarni to‘g‘irlab oladi. Hadisi sharifda quyidagicha keladi:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْمُؤْمِنُ مِرْآةُ الْمُؤْمِنِ وَالْمُؤْمِنُ أَخُو الْمُؤْمِنِ، يَكُفُّ عَلَيْهِ ضَيْعَتَهُ، وَيَحُوطُهُ مِنْ وَرَائِهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: إِنَّ أَحَدَكُمْ مِرْآةُ أَخِيهِ فَإِنْ رَأَى بِهِ أَذًى فَلْيُمِطْهُ عَنْهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mo‘min mo‘minning oynasidir. Mo‘min mo‘minning birodaridir. Uning zoe bo‘lgan narsasini topib beradi va uni ortidan berkitib turadi», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Termiziyning lafzida:
«Albatta, sizning biringiz o‘z birodarining oynasidir. Agar unda kirni ko‘rsa, artib qo‘ysin», dedilar».
Sharh: Ushbu hadisi sharifga amal qilingandagina mo‘minlar katta yutuqlarga erishishlari mumkin. Bu hadisi sharifga amal qilmay turib, yoki uning teskarisini qila turib, biror yaxshilikni kutish mumkin emas.
«Mo‘min mo‘minning oynasidir».
Oyna har bir kishining aybini berkitishga xizmat qiladi. U o‘zi bilan muomalada bo‘lgan kishiga indamasa-da, aybini ko‘rsatib turaveradi. Oynaga qaragan kishi boshqalar oldida uyatga qolmaslik uchun ham uning yordamida o‘zini o‘nglab oladi.
Mo‘minlar ham bir-birlari uchun aybni tuzatish borasida xuddi oyna o‘rnidadirlar. Mo‘min odam o‘z birodarida biror aybni ko‘rsa, darhol boshqalar ko‘rmay turib, o‘sha aybni tuzatishga harakat qiladi. Ikkinchi mo‘min ham bu gapni to‘g‘ri qabul qiladi va o‘z aybini tuzatishda yordam bergan birodariga rahmat aytib, uning haqqiga duolar qiladi.
«Mo‘min mo‘minning birodaridir. Uning zoe bo‘lgan narsasini topib beradi va uni ortidan berkitib turadi».
Ha, mo‘min mo‘minga xuddi shunday munosabatda bo‘ladi. U o‘z birodariga doimo yaxshilikni ravo ko‘radi. Agar uning biror narsasi yo‘qolib qolsa, o‘sha narsani topib berishga harakat qiladi. Agar o‘z birodarining yo‘kdigida biror aybi ochilib qolsa ham o‘sha aybini berkitib, himoya qiladi. Endi a’zolari orasida bundoq hamkorlik hukm surgan jamiyatning qandoq bo‘lishini ko‘z oldimizga keltiraveraylik.
«Albatta, sizning biringiz o‘z birodarining oynasidir. Agar unda kirni ko‘rsa, artib qo‘ysin».
Agar birodarining kirini ko‘rib turib, uni artib qo‘ymasa, birodarligi qolarmidi!?(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 Sentabr 2023, 17:47 | Savol-javoblar | 0 | Boshqa ibodatlar