Qiyin vaziyat
Assalomu alaykum! Ustozlar men ko‘pincha dalada mol boqib yuraman. Shunda har hil vaziyatlar tushaman. Ko‘pchilik, fermerlar yoki fermerni ishchilari tamorqasiga yoki g‘alla yoki paxtaga yaqin joyda boqmanglar yoki umuman kirgizmanglar deyishadi. Shunda ba’zi birodarlarimiz zo‘ravonlik qilib birovni ekiniga tushirib boqishadi. Men unday qilmayman. Shunda uydagilarim yoki sheriklarim meni qo‘rqoqliging uchun opkiraolmaysan deyishadi. Ustozlar bu xolatda nima qilish kerak? Shunday birovning ekiniga molini tushurib yuborgan odamni aytsam sotqin bo‘lmiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oldingi ota-bobolarimiz mol-qo‘ylarini o‘z dalalariga etib borgunicha birovlarning ekin yoki xashagini eb qo‘ymasligi uchun og‘ziga itlarning tishlab olmasligi uchun taqib qo‘yadigan tasma taqib qo‘yganlar. Shunchalik darajada birovning haqqidan qo‘rqqanlar. U birovning haqqini egan hayvonning beradigan suti ham, go‘shti ham halol bo‘lmay qoladi. Sotqin bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom