Olingan ortiqcha pul xukmi
Assalomu alaykum! Xozirda ayrim gaz zapravkalarida gazni to‘la quyib, to‘lov qilinganda ortiqcha pul olib qoladi, bu olingan ortiqcha pul olib qoluvchi uchun halolmi yoki xarommi? masalan: Gaz uchun to‘lov miqdori 38680 so‘m bo‘lgan bo‘lsa 39000 so‘m olishadi. Mijoz naqd pulda to‘lasa qaytish imkoni yo‘q deb tushunsa bo‘lar (lekin buni mijozga aytib rozilik olish kerakmi?), lekin plastik orqali to‘lov qilinganda ham shunday qilishadi. Vaholanki plastikdan aniq summani echsa bo‘ladi (38680 so‘m qilib). Ayrim kassirlarga bunday qilish yaxshi emas desam, sal kam yoqalashishgacha bordi. Ortiqcha olayotgan o‘sha arzimagan 100-500 so‘m pul aralashib qolgan topayotganiga ham gumon aralashib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi.
عن عمرو بن يثربي رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: لا يحل مال امرئ مسلم , إلا بطيب نفس منه Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar