Kreditga uy

Assalomu alaykum! Turmush qurganimizga ikki yildan oshyabdi bir nafar farzandimiz bor uzimiz viloyatdanmiz lekin turmusht urtogim metropalitenda ishlaydi men ham uqituvchiman farzandim kichkinaligi uchun endi ishga chiqaman uzimiz ijarada turamiz turmusht urtogimning oyliklari ijara kantrakt hamda oziq ovqatga ketadi pul yig‘olmayabmiz. Allohga shukur och qolganimiz yuq har kuni qozonimiz qaynaydi Alloh rizqimizni haloldan beryabdi. Katta farzand bulganliklari uchun turmusht o‘rtog‘im ko‘chib chiqishlari kerak uy olishga imkoniyatimiz yuq 1. Kreditga uy olsak buladimi mashena uy shunga uxshash mulkimiz yo‘q? Ishga chiqishga majburligim sababli farzandimni bir yoshgacha emizdim buvisiga viloyatga bermoqchiman qushimcha ovqat kasha ichadi qiyomatda uning haqqini bermaganligim sababli javobga tutilmaymanmi. Bitta hadisda uqigan edim qiyomatda kukragidan ilon tishlayotgan ayol haqida . 2. Buvisiga bersam bo‘ladimi bunday holatda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Kredit joiz emas.2). Emizmaganingiz tufayli uning o‘sishi va rivojlanishida salbiy asoratlar yuzaga keladigan bo‘lsa bermang. Shar’iy javobgarlik yo‘q. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 14:04 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar