Yolg‘onchi er

Assalomu alaykum! Xo‘jayinim men bilan oila qurushidan oldin boshqa bilan 10 yil yashagan va befarzandlik sabab ajrashgan. Menga turmush qurganimizdan keyin u bilan uchrashmaslikga, gaplashmaslikga va’da bergan. Biz oila qurdik shukrki xomilador bo‘ldim. Xo‘jayinim va’dasini unutdi. Yashirincha ezishmalar, uchrashuvlarini seza boshladim. O‘ziga aytsam tan olmadi. Sabr qildimi, farzandimiz tugildi. Keyin ochiqchasiga oilaviy ota onasi bilan bordi keldi qila boshlashdi, ya’ni mendan boshqa xammasi bilardi. Tabiiyki o‘rtamizda kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Xullas bir kun uy oldida oldingi xotini bilan uchrashish turganini ko‘rdim. Onasi xam bor edi ular bn. Otasiga aytsam o‘zimga qarab baqirib ketdi, sen emonliging uchun uchrashyapdi deydi. Ko‘nglim qattiq ogridi. Ancha tortishuvlar bo‘ldi. Xozir ota uyimdaman yarim yildan oshdi, ajrimga berdi. Sud ajrashishga xech qanaqa xaqqing yo‘q, va’da berib uylanganingdan keyin va’dangni bajarmagansan dedi. Ajrimga bergani uchun shtraf soldi. Birga yashaysan dedi. Olib ketarmikan deb kutdim. Kelmadi, xozir yana boshqa ayol bilan nikox o‘qitib yashayapdi ekan. Savolim bir bolani etim qilib, bunday erkaklarga oxiratda qanday jazo bor
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday masalalarda xulosa chiqarishdan oldin narigi tarafning ham so‘zini tinglab ko‘rish kerak. Savol beruvchi e’tibor qaratmayotgan masalaning muhim nuktalari bo‘lishi mumkin. O‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga murojaat qiling. Holatingizni batafsil tushuntiring. Bilimsizlik tufayli noo‘rin taloq so‘rab yoki eringizga itoatsizlik qilib yoki oilani buzib gunohkor bo‘lib qolmang. Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 21:47 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar