Suv qachon beixtier ishlatilinadi

Assalomu alaykum! Issiq kunlarda ixtieriy ravishda chap va o‘ng elkadan suv quyib turish mumkinmi, yoki bu ish suvni bexuda sarflanishiga kiradimi? O‘zi umuman olganda suv qachon bexuda sarflanishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo ne’matlarini bandalari ehtiyoji tushganida foydalanish uchun yaratgan. Shu bilan birga ularga isrofni harom qilgan. Inson o‘zi vaziyatga baho berib, hojatini qondirish uchun kamsarf, isrofdan xoli yo‘lni tutishi kerak. Issiq kunda badanni sovitish uchun nam matoga o‘ranib olsa ham maqsad hosil bo‘laveradi. Agar bu kifoya qilmasa, savolda so‘ralgani kabi elkadan suv quysa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2023, 14:07 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar